Rossiya hukumati fuqarolik, savdo va jinoiy ishlar bo‘yicha o‘zaro huquqiy yordam to‘g‘risidagi Turkiya bilan kelishuvni to‘xtatishni taklif qildi. Bu haqda Meduza xabar beradi.
Kelishuvni to‘xtatish haqidagi qarorni Rossiya Federatsiyasi bosh vaziri Dmitriy Medvedev imzoladi.
Qarorda aytilishicha, kelishuvdan chiqish haqidagi taklif Tashqi ishlar vazirligi, Tergov qo‘mitasi va Bosh prokuratura bilan muvofiqlashtirilgan.
Rossiya va Turkiya 1997-yilda fuqarolik, savdo va jinoiy ishlar bo‘yicha o‘zaro huquqiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha kelishuv imzolagan edi. Kelishuv, jumladan, jinoiy ishlar bo‘yicha gumonlanuvchilarni tutib berishni ham ko‘zda tutadi.
Izoh (0)