Nepal poytaxti Katmanduda so‘nggi hafta davomida kamida 12 kishi sovuqdan halok bo‘ldi. Bu haqda The Kathmandu Post nashri bergan ma’lumotlarga asosan “RIA Novosti” xabar qilmoqda.
Halok bo‘lganlarning aksariyati kambag‘al bo‘lib, yo‘lak va cherkovlarda tunab kelgan.
Shuningdek, 25-dekabr kuniga o‘tar kechasi Nepalda so‘nggi vaqt ichidagi eng past ― 0 darajali harorat qayd etildi. Aprel oyida sodir bo‘lgan kuchli zilziladan keyin infratuzilma va uylarning aksariyati vayron bo‘lgan edi. Mamlakatda ta’mirlash ishlari davom etayotganligiga qaramasdan, ko‘plab odamlar hali hamon isitilmaydigan vaqtinchalik palata lagerlari va boshpanalarda yashab kelmoqda.
Izoh (0)