23-dekabr, chorshanba kuni Meksikaning Sinaloa shtatida yuk tashuvchi poyezd va avtobusning to‘qnashuvi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘lib, 23 nafar kishi jarohat oldi. Bu haqda mahalliy hukumat bergan ma’lumotlarga asosan “RIA Novosti” xabar qilmoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, fojia Masatlan shahrida sodir bo‘lib, avtobus haydovchisi yaqinlashib kelayotgan poyezdning oldidan o‘tib ketishga harakat qilib, ulgurmagan.
Halokatga uchragan avtobusda xususiy kompaniyalardan birining xodimlari bo‘lgan. Jarohat olganlar shifoxonalarga yotqizildi. Sinaola gubernatori Mario Lopes Valdes voqea sodir bo‘lgan joyga yetib keldi.
Izoh (0)