2015-yilning yozida Izer departamentidagi tashkilotda terakt sodir etgan va rahbarining boshini tanasidan judo qilgan Fransiya fuqarosi Yasin Sali qamoqxona kamerasida o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.
Fleri-Meroji qamoqxonasi rahbariyatining ma’lumotiga qaraganda, 35 yoshli Yasin Sali 22-dekabr, seshanba kuni choyshab yordamida kamerasidagi panjaraga o‘zini osib qo‘ygan.
Salining o‘z joniga qasd qilish xavfi bo‘lmaganligi tufayli u bir kishilik kameraga joylashtirilgan bo‘lgan.
Iyun oyida Yasin Sali Sen-Kanten-Fallavye shahridagi gaz ballonlar ishlab chiqaruvchi tashkilot hududiga avtomobilda bostirib kirib, to‘ldirilgan maxsus idishlarga borib urilgan. Natijada portlash yuzaga kelgan. Hodisa joyi yaqinidan arabcha yozuvli bayroq va tanasidan judo qilingan odam boshi topilgan edi. Tergov natijalariga ko‘ra, jinoyat qurboni gumonlanuvchining rahbari bo‘lgan.
Izoh (0)