Oliy liganing 2016-yilgi mavsumiga qur’a tashlash maqsadida bugun, 22-dekabr kuni klublar vakillari, jurnalistlar O‘zbekiston futbol federatsiyasi majlislar zaliga yig‘ildi, deb xabar beradi “Stadion.uz”.
Nashr bergan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston Superkubogi bahsi 2016-yil 19-fevral kuniga rejalashtirilgan. Unda 2015-yilgi mamlakat chempioni – “Paxtakor” va Kubok sohibi – “Nasaf” to‘qnash keladi.
Eslatib o‘tamiz, “Paxtakor” jamoasi 2015-yilning 29-dekabriga qadar futbolchilar oldidagi qarzlaridan qutilmasa, Oliy ligadan chetlashtiriladi.
Izoh (0)