Boliviyada yuk tashuvchi avtomashina va avtobuslar ishtirokida yuz bergan ikkita yirik avtohalokat natijasida kamida olti kishi halok bo‘lib, 46 nafar kishi tan jarohati oldi. Bu haqda mahalliy politsiya bergan ma’lumotlarga asosan “RIA Novosti” xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, ikkala avtohalokat ham Kochabamba va Santa-Krus shaharlari o‘rtasidagi trassada ro‘y bergan. Avval yo‘lovchi tashish avtobusining ag‘darilishi oqibatida 22 nafar kishi jarohat oldi. Keyinchalik shu joyda yana bir avtobusning yuk tashuvchi avtomashina bilan to‘qnashganligi sababli olti kishi halok bo‘lib, 24 kishi jarohat oldi.
Yo‘l harakati qoidalariga rioya qilinmasligi, yo‘llarning talabga javob bermasligi Boliviyada yiliga o‘rtacha ming kishining o‘limiga va yana 40 ming kishining tan jarohati olishiga sababchi bo‘lmoqda.
Izoh (0)