Londonning “Chelsi” futbol klubi xo‘jayini Roman Abramovich jamoaning Kobxemda joylashgan bazasidagi mashg‘ulotga tashrif buyurdi. Bu haqda The Telegraph ma’lum qildi, deya xabar beradi “Stadion.uz”.
Nashrning bildirishicha, Abramovich o‘yinchilar bilan suhbat chog‘ida bosh murabbiy o‘rnini Gus Xiddink egallashini tasdiqlagan va futbolchilarga barchasini boshidan boshlash uchun imkoniyat borligini aytgan. Abramovich, shuningdek, Mourinyoni iste’foga chiqarishni istamagani, biroq yuzaga kelgan vaziyat shuni taqozo etganini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Xiddink “Chelsi”ni mavsum oxirigacha boshqarishi haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)