“Chelsi” klubi futbolchilari 17-dekabr kungi mashg‘ulotda mushtlashib ketdi, deb xabar qiladi “Stadion.uz”.
Ispaniyalik yarim himoyachi Sesk Fabregas jamoadoshlaridan biriga qattiq “podkat” tashlagan va futbolchilar o‘rtasida mushtlashuv boshlangan. Aytish kerakki, bu “Chelsi”ning Joze Mourinyo boshchiligidagi so‘nggi mashg‘uloti paytida ro‘y bergan.
Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik mutaxassis 17-dekabr kuni iste’foga chiqarildi. Jamoani mavsum oxirigacha gollandiyalik Gus Xiddink boshqarishi kutilmoqda.
Izoh (0)