Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Pestana Hotel Group kompaniyasi bilan hamkorlikda CR7 nomli 4 ta mehmonxona ochadi. Bu haqda “Olamsport” xabar bermoqda.
Portugaliyalik futbolchining hayoti va faoliyati bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan Funshal, Lissabon va Madrid shaharlarida ochiladigan ushbu mehmonxonalar 70 million yevrgoga baholanmoqda.
Shuningdek, mehmonxonalarning biri Nyu-York shahrida ham ochiladi. Aynan shu yerda Ronaldu professional futbolchilik faoliyatini yakunlashni maqsad qilgan.
Bu haqda Lissabonda tashkil etilgan maxsus matbuot anjumanida shaxsan futbolchining o‘zi hamda Pestana Hotel Group kompaniyasi prezidenti Dionisiu Pestana keng ommaga ma’lum qilgan.
Izoh (0)