Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Toshkent shahrida 2015-yilning yanvar—noyabr oylarida voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning soni 2014-yilning shu davriga nisbatan sezilarli kamaydi. Bu haqda, Toshkent shahar prokurori Mirzohid Obidovga asoslanib, “Huquq” gazetasi xabar bermoqda.

Toshkent. Foto: “Uzbek-travel.com”

Toshkent. Foto: “Uzbek-travel.com”

Prokurorning ta’kidlashicha, voyaga yetmagan o‘quvchilar ta’lim muassasalariga o‘zlari bilan sovuq qurollar olib kelib, ayrim “zo‘ravon” yoshlar o‘rtoqlari bilan urushib qolganda ularni jabrlanishigacha borib yetmoqda.

“Misol uchun, 2015-yilning sentabr oyida Uchtepa tumanidagi Toshkent qurilish kommunal kasb-hunar kolleji o‘quvchisi kollej hovlisida o‘z tengdoshiga, Toshkent soliq kolleji o‘quvchisi o‘z tengdoshiga, Sharqshunoslik instituti qoshidagi Olmazor akademik litseyi o‘quvchisi birga o‘qiydigan o‘rtog‘iga pichoq bilan tan jarohati yetkazgan”, — deydi shahar prokurori.

Qayd etishlaricha, 2014-yilda voyaga yetmaganlar o‘rtasida pichoq va boshqa sovuq qurollar orqali huquqbuzarlik sodir etish holatlari bir muncha oshganligi kuzatilgan edi. Shu munosabat bilan, 2015-yil fevralida Toshkent shahar hokimi tomonidan “Toshkent shahrida yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror qabul qilingan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidentini 70 yoshi bilan tabrikladi
Dunyo
Rossiya asirligidan keyin “azovchi”larning ko‘rinishi, Limandagi vayronalar. Urushning 223-kunidan fotoreportaj