Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin “Rossiyaning iqtisodiy xavfsizligi va manfaatlariga daxl qiluvchi alohida holatlar tufayli” 2016-yilning 1-yanvaridan Ukraina bilan erkin savdo hududi to‘g‘risidagi kelishuvning amal qilishini to‘xtatib turish haqidagi farmonni imzoladi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
Hujjat huquqiy ma’lumotlar portaliga joylashtirilgan.
Hukumat raisi Dmitriy Medvedev Rossiya telekanallariga 9-dekabr kuni bergan intervyusida Ukraina Yevropa Ittifoqi bilan uyushgan a’zolik ostonasida turganligi sababli 2016-yilning 1-yanvaridan u bilan savdodagi imtiyozli rejim yakunlanishi lozimligini ma’lum qildi.
Izoh (0)