Turkiya Qatar bilan ikki tomonlama hamkorlik doirasida ushbu mamlakatda o‘zining harbiy bazasini joylashtirmoqchi. Bu haqda Reuters bergan ma’lumotlarga asosan “Korrespondent.net” xabar qilmoqda.
“Turkiya va Qatar umumiy muammolarga duch kelmoqda. Biz hududdagi vaziyatdan va ayrim davlatlarning mavhum siyosatidan tashvishdamiz”, ― dedi Turkiyaning Qatardagi favqulodda va muxtor elchisi Ahmed Demirok.
Ma’lum qilinishicha, Qatarda barpo etiladigan ko‘p tarmoqli bazada uch mingga yaqin piyoda askar va instruktorlar, shuningdek, Harbiy-dengiz kuchlari va Harbiy-havo kuchlari harbiylari joylashtiriladi.
Elchining ta’kidlashicha, Qatar ham Turkiyada o‘zining harbiy kuchlarini joylashtirishi mumkin. Qatar hozircha bu xabarga izoh bermadi.