Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Eron rasmiylari raketa sinovini o‘tkazib, BMT Xavfsizlik kengashining 1929-raqamli rezolyutsiyasini buzgan. Bu haqda xalqaro tashkilotning maxfiy hisobotiga tayanib, Reuters ma’lum qildi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.

Foto: IRNA

Foto: IRNA

Hisobotda ta’kidlanishicha, Tehron 10-oktabrda  “Emad” ballistik raketasini sinovdan o‘tkazgan. Ekspertlar komissiyasining mazkur holat yuzasidan hisoboti 10 sahifadan iborat va unga 11-dekabr sanasi qo‘yilgan. Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, hujjat Xavfsizlik kengashining Eronga qarshi sanksiyalar qo‘mitasi a’zolariga ham yuborilgan.

Oldinroq AQSh Eronni 1929-raqamli rezolyutsiyani buzishda ayblagandi. 2010-yilda qabul qilingan ushbu hujjat Eronga ballistik raketalarni sinovdan o‘tkazishni man etadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Gonsalo Iguain futbolchilik faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi
Mahalliy
Chirchiqdagi korxonada yuz bergan portlashda hech kimga zarar yetmagan — “O‘zkimyosanoat”
Dunyo
Qozog‘iston: KXSHT Ukrainaga qarshi urushda qatnashmaydi