Turkiya TIV matbuot kotibi Tanju Bilgich Turkiya Rossiyaga Su-24 samolyotining urib tushirilishi natijasida yetkazilgan zararni qoplab bermasligini ma’lum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.
Avvalroq Rossiya Federatsiyasi TIV rahbari o‘rinbosari Aleksey Meshkov Turkiya hukumati Su-24 ning urib tushirilishi bilan bog‘liq zararni to‘lab berishi va bu kabi holat bundan keyin takrorlanmasligiga kafolat berishi lozimligini ma’lum qilgan edi.
“Rossiyaning urib tushirilgan samolyot uchun tovon to‘lash haqidagi talabini bajarishning iloji yo‘q”, — dedi Bilgich.
U, shuningdek, Rossiya bundan keyin o‘zining samolyotlari Turkiya havo hududini buzib o‘tmasligiga kafolat berishi lozimligini aytib o‘tdi.
Izoh (0)