Beshta davlat hamkorligida yaratilgan “marscha uy” 15-dekabr, seshanba kuni Strasburgdagi Xalqaro kosmik universitetda namoyish etiladi. Bu haqda “Interfaks” xabar beradi.
Estoniya, Fransiya, Avstriya, Belgiya va Chexiya olimlari tomonidan yaratilgan o‘zi yig‘iladigan “marscha uy” o‘ziga xos dizaynga ega bo‘lib, ekstremal sharoitlarda yashash uchun mo‘ljallangan.
Undan kosmos bilan bog‘liq bundan keyingi tajribalarda foydalanish kutilmoqda.
Tayyor holatda uyning uzunligi 6 metr, eni esa 2,4 metrni tashkil etadi. Uyning vazni 6 ming kilogramm bo‘lib, uni yirik yuk mashinasining kuzoviga joylash mumkin. Uy ikki kishiga mo‘ljallangan bo‘lib, unda ikki haftagacha yashash mumkin. Tuzilishi bo‘yicha u oshxona, dam olish xonasi, ishlash uchun xona, hammom va hojatxonaga ega klassik turar-joyni eslatadi.
Uyning qurilishi SHEE xalqaro loyihasi doirasida amalga oshirilib, bunda Yerdan tashqari sharoitlarda yashash uchun mo‘ljallangan avtonom turar-joyni yaratish maqsadi ko‘zlangan edi.
Izoh (0)