Muhojirlikda yashayotgan Muammar Qaddafiyning 40 yashar o‘g‘li Gannibal Qaddafiy Livanda hibsga olindi. Bu haqda “TASS” xabar qilmoqda.
Livan sudi tomonidan qamoqqa olish haqidagi order 14-dekabr, dushanba kuni bo‘lib o‘tgan birinchi so‘roqdan keyin berildi. U 1987-yilda Liviyada bedarak yo‘qolgan shialar imomi Sayyid Muso Sadr va uning ikki sherigi haqidagi ma’lumotlarni yashirganlikda ayblanmoqda.
1978-yil avgust oyi oxirlarida, livanlik Xomeyniy deb atalgan mashhur shialar voizi Muso Sadr inqilob bayramida ishtirok etish uchun Liviyaga taklif etilgan. Bayramdan keyin u Rim papasi bilan uchrashish uchun Rimga parvoz qilishi kerak edi. Biroq Qaddafiy bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan keyin imom va uning ikki hamrohi g‘oyib bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, Livanda Liviyaning sobiq rahbari Muammar Qaddafiyning o‘g‘li Gannibal ozod qilingan edi.
Izoh (0)