Sudan janubidagi Janubiy Darfur viloyatida yuz bergan qabilalar o‘rtasidagi shafqatsiz to‘qnashuvda kamida 17 kishi halok bo‘ldi. Yana 30 ga yaqin kishi yaralandi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
“Janubiy Darfur viloyatida rizeygat va misseriya qabilalari o‘rtasida shafqatsiz to‘qnashuvlar yuz berdi. Natijada kamida 17 kishi halok bo‘ldi, yana 30 kishi yaralandi. Ulardan ba’zilari og‘ir ahvolda”, — deb xabar beradi Sudan Tribune nashri.
Oxirgi uch yil davomida qabilalar yer va yaylov uchun huquqni qo‘lga kiritish uchun kurashayotganligi ta’kidlanmoqda. Mahalliy hukumat mojaroni tartibga solishga urinmoqda, biroq erishilgan kelishuvlardan hech biriga rioya etilmayapti.
Izoh (0)