Jaguar Land Rover Slovakiyada bir milliard funt sterling evaziga (1,5 milliard dollar atrofida) yangi zavod qurishni rejalashtirmoqda. Britaniyaliklar loyihani sharqiy Yevropadagi mazkur davlat hukumati bilan kelishib olgani bildirilmoqda, deya xabar beradi Motor.
Slovakiya g‘arbidagi Nitra shahrida barpo etiladigan korxonada taxminan 2800 kishi mehnat qiladi. Qurilish ishlari 2016-yilda boshlanadi, 2018-yil oxirlarida esa konveyerdan birinchi avtomobillar chiqadi. Ishlab chiqarish hajmi yiliga 150 ming avtomobilni tashkil etadi, keyinchalik bu ko‘rsatkich yanada oshishi mumkin.
Yangi korxonaga ehtiyoj JLR'ning Buyuk Britaniyadagi uchta korxonasi ham bor quvvatda ishlayotgani bilan izohlandi. Slovakiyada 2018-yilda taqdim etiladigan yangi avlod Land Rover Defender yo‘ltanlamas avtomobillarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda.
Izoh (0)