Britaniyada Kendal Honda avtomobil dileri Kambriya grafligida ro‘y bergan suv toshqinida jabr ko‘rgan kishilarga bepul avtomobil tarqatishga qaror qildi, deya xabar bermoqda Motor kompaniyaning Facebook sahifasiga tayanib.
Diler ta’kidlashicha, mashinalar haqiqatda unga ehtiyoji bo‘lganlarga beriladi. Shuningdek, yangi mashina egalarining o‘zi soliq to‘lashi va sug‘urta hujjatini sotib olishi kerak bo‘ladi.
Kompaniya har kuni bittadan mashina hadya qilmoqchi. Birinchi avtomobil 1999-yilgi Mercedes-Benz C180 bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buyuk Britaniyada toshqin tufayli mingdan ziyod kishi evakuatsiya qilingani xabar berilgan edi.
Angliya shimoli va Shotlandiya janubida 200 dan ortiq uy suv ostida qolgan. Bunga shiddatli yomg‘irlar va Atlantikadan kelgan dovul sabab bo‘ldi.
Izoh (0)