Xonanda Lola Yo‘ldosheva shaxsiy hayoti bilan bog‘liq niyatlarini ma’lum qildi. Bu haqda u RedPen nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Hozir bir narsani aniq bilaman — ustun maqsadlarni aniq qo‘yish kerak”, — dedi Lola.
“Kamida yana ikki farzandim bo‘lishini xohlayman. Turmush o‘rtog‘im, bobo, buvi va ko‘plab bolalar bo‘ladigan katta, mustahkam oilam bo‘lishini, katta tushlik stoli va oilaviy bayramlar o‘tkazilishi va hammamiz birga o‘tirishimizni istayman”, — dedi xonanda.
“Bu aynan ota-onam menga singdirgan jihat va men bu maqsadga o‘z yo‘lim bilan yetib keldim”, — deya qo‘shimcha qildi xonanda Lola Yo‘ldosheva.
Avvalroq Lola nima sababdan ajrashganini ma’lum qilgani haqida xabar berilgan edi. Ma’lumot uchun, ayni vaqtda Lolaning bir qiz va bir o‘g‘il farzandi bor.
Xonanda Lola litsenziyasi tugatilganidan minnatdor ekanligini ma’lum qildi
Lola Yo‘ldosheva: Xonandalar faoliyati qattiq nazorat ostida qolganidan afsusdaman
Xonanda Lola: Yopiq libos kiyib ham, noto‘g‘ri ishlar qilish mumkin
Lolaning litsenziyadan ayrilishiga sabab bo‘lgan libosi auksionda sotiladi, tushgan mablag‘ xayriyaga sarflanadi
Izoh (0)