Xonanda Botir Qodirov: Jonli kuylashga imkoniyatim yetarli, biroq “Istiqlol” saroyining texnikasi talabimga javob bermaydi
Xonanda Botir Qodirov noyabr oyida bo‘lib o‘tgan konsert dasturida nima uchun qo‘shiqlarni fonogramma orqali ijro etganini izohladi. Bu haqda xonanda “Darakchi” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Nashr muxbiri Botir Qodirovning jonli ijroda kuylash uchun ovoz imkoniyatlari yetarli ekanligini ta’kidlab, nima uchun konsertda qo‘shiqlarni fonogramma orqali ijro etganiga qiziqqan.
“To‘g‘ri, ovoz imkoniyatlarim yetarli. Biroq “Istiqlol” san’at saroyining texnikasi mening talablarimga javob bermaydi”, — dedi Botir Qodirov.
“Bu borada hamma san’atkorning o‘z talabi va didi bor. Shuni aytishim mumkinki, xorijda bo‘lib o‘tadigan barcha konsertlarda jonli ijroda kuylayman”, — dedi xonanda.
Konserti vaqtida jahli chiqqan xonanda Botir Qodirov “Istiqlol” san’at saroyiga zarar yetkazdi
Xonanda Botir Qodirov “Istiqlol” san’at saroyida tamaki chekkani uchun jarimaga tortildi