Janubiy Koreya kino ustalari Primore o‘lkasidagi safari-bog‘ining mashhur juftligi ― yo‘lbars Amur va echki Timur o‘rtasidagi g‘aroyib do‘stlik haqida film suratga olishga kirishdi. Mazkur kartinaga 2010-yili Amur yo‘lbarslari to‘g‘risida hikoya qiluvchi “Sibirning yo‘qolib borayotgan imperatorlari” nomli hujjatli filmni suratga olgan Park Suyenga rejissorlik qiladigan bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Yangi film Amur yo‘lbarsining yashash muhiti haqida hikoya qiladi. Yo‘lbars Amur unga aslida yemish sifatida keltirilgan oddiy uy echkisi Timur bilan qanday do‘stlashganiga ham alohida o‘rin berilgan. Bu do‘stlik tarixiga qiziqish nihoyatda katta, suratga olish bo‘yicha turli mamlakatlardan takliflar tushmoqda”, — deya ta’kidlaydi bog‘ direktori Dmitriy Mezensev.
Janubiy koreyalikliklar suratga olish bilan ovora ekan, yo‘lbars va echki ularga parvo qilmay, har kuni katta qafasda birga sayr etish va bir-biri bilan o‘ynashishdan bo‘shamayapti. Eslatib o‘tamiz, oldinroq internet foydalanuvchilarining ko‘plab iltimoslariga binoan ular istiqomat qilib kelayotgan qafasda veb kameralar o‘rnatishga qaror qilingandi.