Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xodimlari Bishkekda maxsus operatsiya o‘tkazdi. Operatsiya davomida xalqaro terrorchilik tashkilotining ikki nafar a’zosi yo‘q qilindi, deb xabar beradi “TASS”.
“‘Vostok-5’ mikrorayonida Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi kuchlari tomonidan o‘tkazilgan aksilterrorchilik operatsiyasi davomida xalqaro terrorchilik tashkilotining guruhlaridan biri hisoblangan jinoiy to‘daning faoliyati tugatildi. Qo‘lga olish chog‘ida jinoyatchilar qurolli qarshilik ko‘rsatdi”, — deyiladi boshqarma xabarida.
Maxsus xizmat terrorchilik guruhining yo‘q qilingan a’zolari bir qator og‘ir jinoyatlar, jumladan, uchastka militsionerining o‘ldirilishiga aloqadorligini ma’lum qildi.
Maxsus operatsiya davomida MXDQ maxsus bo‘linmasi xodimlaridan biri yaralangan.
Yo‘q qilingan terrorchilar Bishkek va Chuy viloyati hududida terakt sodir etish niyatida bo‘lganligi ma’lum qilindi.
Izoh (0)