Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiya tomondan uchib kelayotgan vertolyot 10-dekabr, payshanba kuni Finlyandiya havo hududiga bostirib kirgan, so‘ngra yana qo‘shni davlat hududiga qaytib ketgan. Bu haqda “Korrespondent.net” Finlyandiya chegara departamenti ma’lumotiga tayanib xabar beradi.

Foto: “Nyus Onlayn”

Foto: “Nyus Onlayn”

Xabarda ta’kidlanishicha, noma’lum vertolyot tonggi 10 lar atrofida Xapasaari orolidan to‘qqiz kilometr sharqdagi Finlyandiya suv hududi yuzasi bo‘ylab havo hududiga ruxsatsiz kirgan.

Departamentning ma’lum qilishicha, vertolyot chegarachilarning radio chaqiruvlariga javob bermagan, biroq Finlyandiya Harbiy-havo kuchlari uni havo hududini buzib o‘tganligi haqida ikki marta ogohlantirgandan so‘ng, yana Rossiya hududiga qaytgan.

Vertolyot olti daqiqa davomida Finlyandiya havo hududida bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, 10-dekabr kuni Gruziya mudofaa vazirligi mamlakat havo hududiga Rossiya harbiy vertolyotlari bostirib kirganini ma’lum qilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 26-mart kuni qanday ob-havo kuzatiladi?
Salomatlik
Filtrlangan, qadoqlangan yoki qaynatilgan: organizm uchun eng foydali suv qaysi?
Mahalliy
Wizz Air Toshkent va Samarqandga parvozlar sonini oshirmoqda