AQShning Kaliforniya shtatida Fresno shahridan Beykersfild shahar gospitaliga parvoz qilayotgan tibbiy vertolyot halokatga uchradi. Bu haqda NBC News bergan ma’lumotlarga asosan “Segodnya.ua” xabar qilmoqda.
Halokat oqibatida to‘rt kishi, shu jumladan, uchuvchi, hamshira, feldsher va bemor halok bo‘ldi.
Shtat hukumati ma’lum qilishicha, ikkala gospital o‘rtasidagi parvoz qilish vaqti 10 daqiqani tashkil etadi. Qidiruv ishlari vertolyot ekipaji bilan aloqa uzilgach, 30 daqiqa keyin boshlangan.
Qutqaruv xizmati vakillari ta’kidlashicha, vertolyot Beykersfildning shimolidagi Shervud avenyu va 65-shosse hududiga qulab tushgan. Halokat tafsilotlarini aniqlash bilan yo‘lovchi tashish xavfsizligi Milliy boshqarmasi va Federal aviatsiya boshqarmasi shug‘ullanadi.
Vertolyotning halokatga uchraganligi sabablari noma’lum bo‘lsada, mutaxassislarning fikricha, ekipaj tajribali bo‘lganda ham ob-havo sharoiti doim xavfli omil bo‘lib kelgan. Ta’kidlanishicha, halokat vaqtida qalin tuman bo‘lib, shiddatli yomg‘ir yog‘gan.
Izoh (0)