Xanti-Mansi muxtor okrugi Surgut tumanida yonib ketgan dala hovlidan 14 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan besh nafar o‘smirning jasadi topildi. Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasi hududiy boshqarmasi bergan ma’lumotlarga asosan “RBK” xabar bermoqda.
Dastlabki xabarlarga ko‘ra, yong‘in sodir bo‘lishidan oldin o‘smirlar tug‘ilgan kunni nishonlagan.
Taxmin qilinishicha, yong‘in hovlidagi hammomda kelib chiqqan.
Mintaqaviy politsiya matbuot xizmati vakilining ta’kidlashicha, ayni paytda o‘t o‘chiruvchilar xarobalar ostidan oltinchi halok bo‘lganning jasadini qidirmoqda. “Xarob bo‘lgan bino ostida yana bir kishining qolib ketganligi ehtimoli bor, lekin bu aniq emas”, ― deya ma’lum qilindi.
Ayni vaqtda yong‘in yuzasidan politsiya tekshirish ishlarini olib bormoqda. Yong‘in joyida tezkor tergov guruhi ishlayapti.
Izoh (0)