Marselda noma’lum shaxslar tomonidan turk madaniy markazi binosiga yonuvchi aralashmali butilkalar bilan hujum uyushtirildi. Bu haqda Le Parisien politsiyadagi manbasiga tayanib xabar beradi.
Politsiyaning ma’lum qilishicha, hodisa 5-dekabr, shanba kuni tunda sodir bo‘lgan. “Millenium” uyushmasi binosining old qismiga “Molotov kokteyli” bo‘lgan to‘rtta shisha uloqtirilgan. Natijada binoga biroz zarar yetgan. Binoning old devorida qora qurum dog‘lari qolgan.
Uch yoki to‘rt nafar gumondor avtomobilda yashiringan. Hozircha hech kim qo‘lga olinmadi.
“Millenium” uyushmasi ustaviga ko‘ra, u Marsel va uning atrofida yashovchi turk yoshlari va ishchilarining jamiyatdagi integratsiyasini yengillashtirish uchun madaniy va sport tadbirlarini tashkillashtiradi.
Izoh (0)