AQSh Davlat departamenti rasmiy vakili Elizabet Tryudo AQShning Suriyadagi vaziyatni tartibga solish masalasidagi yondashuvi o‘zgarmaganligini va ular mamlakatning amaldagi prezidenti Bashar Asadning iste’foga chiqishini talab qilishini ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar beradi.
“Suriya kelajagida Asad uchun joy yo‘qligiga ishonchimiz komil. Bizning davlat kotibimiz, o‘tish jarayoni qanday rivojlanishi noma’lumligi va qachongacha Asadning boshqaruvini muxolifatning va bizning u hukumatda qolishi mumkin emasligi to‘g‘risidagi fikrimiz bilan murosaga keltirish mumkinligini nazarda tutgan edi”, — dedi Elizabet Tryudo.
U, shuningdek, Asadning ketishiga muxolifatning ishonchi komil bo‘lmasa AQSh undan IShIDga qarshi kurashda tarafdorlik kutmasligini ma’lum qildi.
Izoh (0)