Sankt-Peterburgda noma’lum kimsalar politsiya avtomobilini o‘qqa tutdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ikki nafar politsiyachi halok bo‘lgan, yana biri yaralangan. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Avtomobil transport politsiyasi maxsus bo‘linmasiga tegishli ekanligi aytilmoqda. O‘q uzgan kimsalar tim ko‘k rangdagi, davlat belgisi yo‘q mashinada ko‘zdan g‘oyib bo‘lgan. Guvohlar hodisa ro‘y bergan ko‘chada o‘q ovozlari eshitilgani, tutun ko‘tarilganini ma’lum qilgan.
Izoh (0)