Braziliya prezidenti Dilma Russeff mamlakat parlamentining quyi palatasi raisi Eduardu Kunyaning unga nisbatan impichment jarayonini boshlash haqidagi qarorini asossiz va noo‘rin deb topdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Davlat rahbari o‘z xalqiga qarata shu mazmundagi maxsus bayonot bilan murojaat qilib, “Demokratik saylovlar natijasida menga Braziliya xalqi tomonidan berilgan vakolatga qarshi impichment jarayonini boshlash haqidagi parlament quyi palatasi raisining qarorini bugun nafrat bilan oldim. Mazkur so‘rov sabablari dalillar bilan asoslab berilmagan”, ― dedi.
Braziliya prezidenti davlat rahbari lavozimini egallab turgan davrida hech qanday noqonuniy harakat sodir etmaganligini ta’kidladi.
“Men davlat mablag‘larini o‘zlashtirganlikda gumon qilinayapman. Lekin, mening chet elda hisob raqamlarim yo‘q. Men o‘zimning mol-mulkimni jamiyatdan yashirmaganman. Men hech qachon o‘zimning manfaatlarimni ko‘zlab davlat institutlariga bosim o‘tkazmaganman va bosim o‘tkazishga harakat qilmaganman”, ― deya qayd etdi Russeff.
Impichment haqidagi so‘rov mualliflari davlat rahbarini uning oldingi prezidentlik muddatida yo‘l qo‘ygan moliyaviy qoidabuzarliklarda ayblamoqda.
Izoh (0)