Rox Mark Kabore Burkina-Fasoning yangi prezidenti etib saylandi. Saylovchilarning 53 foizdan ortig‘i unga ovoz bergan. Bu haqda milliy mustaqil saylov komissiyasiga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
O‘tgan yil oktabrida mamlakatni 27 yil davomida boshqargan Blez Kompaore lavozimini tark etgach, Mishel Kafando vaqtincha davlat rahbari vazifasini etib tayinlangandi. 2015-yil sentabrida harbiylar Kafando hamda vazirlarni qo‘lga olib, muvaqqat hukumat faoliyati to‘xtatilganligini e’lon qilgan.
Siyosatchilar ozod etilib, o‘z ishiga qaytganidan so‘ng mamlakat hukumati 29-noyabr kuni prezidentlik va Milliy majlis saylovlari o‘tkazilishini ko‘zda tutuvchi dekretlarni ma’qullagan.
Izoh (0)