KXDR va Janubiy Koreya mutaxassislari 70 yillik milliy bo‘linish davomida talay farqlar yuzaga kelgan koreys tilining yagona lug‘atini tuzish bo‘yicha ishlarni qaytadan boshlaydi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Ikki Koreya tilshunoslari 330 mingga yaqin so‘z o‘rin oladigan bo‘lajak lug‘at mazmunini muhokama etish uchun kelgusi haftada Xitoyning Dalyan shahrida uchrashadi. Lug‘at ustidagi ishlar 2019-yilda yakunlanishi ko‘zda tutilgan.
Mazkur loyihaga 2006-yili, ikki davlat o‘rtasida yaqinlashuv boshlanganda qo‘l urilgan, biroq 2010-yilda Janubiy Koreyada konservativ kuchlar hokimiyatga kelgach, ishlar to‘xtatilgandi.
Izoh (0)