Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Suriyadagi vaziyatning keskinlashuvi munosabati bilan yaratilgan muvofiqlashtirish mexanizmi doirasida Rossiya va Isroilning birgalikdagi harbiy harakatlari muvaffaqiyati haqida ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar beradi.
“Shuni ta’kidlab o‘tmoqchimanki, hududdagi vaziyatning keskinlashuvi munosabati bilan sizning tashabbusingiz bilan tashkil etilgan harbiylar o‘rtasidagi harakatlarni muvofiqlashtirish mexanizmi muvaffaqiyatli amal qilmoqda”, — dedi Putin Netanyaxu bilan uchrashuvda.
Isroil bosh vaziri harbiylarning birgalikdagi harakati va uning muvofiqlashtirilishi muvaffaqiyatli kechayotganligini aytib, Rossiya prezidentining so‘zlariga qo‘shildi.
Bundan tashqari, u yaqinda yuz bergan fojiali hodisalar birgalikdagi harakatlar va muvofiqlashtirishning muhimligiga urg‘u berganligini aytib o‘tdi.
Izoh (0)