29-noyabr tongida Rossiya bayrog‘i ostida harakatlanayotgan kemalar Qora dengizni Marmar dengiz bilan tutashtiruvchi Bosfor bo‘g‘ozida ushlanib qoldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar beradi.
“Marinetraffic.com” kemalar joylashuvini onlayn kuzatish tizimining ma’lumotlariga ko‘ra, 29-noyabr, yakshanba kuni Rossiya kemalari bo‘g‘ozga kirish uchun ruxsatni uzoq kutib, zigzag va doira bo‘ylab joylashuvlarni amalga oshirgan.
Boshqa mamlakatlar kemalarida ushlanib qolish holatlari qayd etilmagan. Nihoyat, 29-noyabr kechqurun Rossiya kemalari Bosfor bo‘g‘oziga kirishga muvaffaq bo‘ldi. Ta’kidlanishicha, Bratsk kemasi ertalabki 10 dan kechki 19 gacha kutib qolgan.
Eslatib o‘tamiz, Turkiyadan Rossiya va Gruziya orqali Qozog‘istonga tovar tashiydigan yuk avtomobillari Gruziyaning “Kazbegi” va Rossiyaning “Yuqori Lars” bojxona-ruxsat berish punktlari o‘rtasidagi betaraf hududda Rossiyaga kirishga ruxsat berilishini kutib qolganligi ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)