Turkiya hukumati armiyaning uch nafar yuqori mansab vakilini josuslik va terrorchilik tashkilotini boshqarishda aybladi. Bu haqda “Gazeta.ru” Anadolu agentligi ma’lumotiga tayanib xabar beradi.
Istanbul prokurori Irfan Fidanning so‘zlariga qaraganda, general Ibrohim Aydin, iste’fodagi polkovnik Burhoniddin Jihangiro‘g‘lu va general Hamza Jelepo‘g‘luga nisbatan qurollangan terrorchilik guruhini shakllantirish va unga rahbarlik qilish, shuningdek, josuslik va mamlakat hukumatini ag‘darishga urinish yuzasidan ayblov e’lon qilingan.
Uch nafar gumonlanuvchi Istanbul sudiga Turkiya Milliy razvedka tashkilotiga qarashli yuk mashinalarini tekshirish bo‘yicha tergov ishi doirasida chaqirilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Checheniston respublikasi rahbari Ramzan Qodirov Turkiyani IShID terrorchilik guruhi jangarilariga yordam ko‘rsatishda ayblagan edi.
Izoh (0)