Qirg‘iziston harbiy prokuraturasi respublikaning sobiq mudofaa vaziri Taalaybek Omuraliyevga nisbatan korrupsiya bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. Bu haqda 28-noyabr, shanba kuni “TASS” xabar beradi.
“Jinoyat kodeksining ‘Ishonib topshirilgan mulkni o‘zlashtirish yoki qonunga xilof ravishda sarflash’, ‘Mansab lavozimini suiis’temol qilish’ va ‘Firibgarlik’ moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan”, — deyiladi Qirg‘iziston Bosh prokuraturasi rasmiy bayonotida.
Jinoyat ishi bo‘yicha Omuraliyevdan tashqari Mudofaa vazirligining yana bir qator mansabdorlari, shuningdek, harbiy qurilish bilan shug‘ullanuvchi “Asker Qurulush” davlat kompaniyasi mansabdor shaxslari ham jalb qilingan.
2013-yilda Qirg‘iziston Mudofaa vazirligi davlat kompaniyasiga qurilish ishlarini amalga oshirish uchun 5 million som (70 ming dollarga yaqin) mablag‘ ajratgan edi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, pullardan belgilangan maqsadda foydalanilmasdan, tijorat tuzilmalari hisobiga o‘tkazib yuborilgan.
Izoh (0)