27-noyabr kuni Olmaotada bo‘lib o‘tgan shaxmat bo‘yicha Markaziy Osiyo mamlakatlari kubogining yettinchi turi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi “12news.uz”.
Unda qur’a tashlash natijalariga ko‘ra, xalqaro grossmeysterlar toshkentlik Filippov Anton va samarqandlik Vohidov Jahongir bir-biriga qarshi dona surishiga to‘g‘ri keldi – 0:1.
Turnirning oltinchi shaxmat taxtasida toshkentlik shaxmat ustasi Yegin Vladimir samarqandlik grossmeyster Marat Jumayevni mag‘lub etdi. Natijada Toshkent—Samarqand 1:1 hisobi qayd etildi.
Turnirning 7-bosqichidan so‘ng, uch nafar grossmeyster 6 ochko bilan yetakchilik qilmoqda: Omonatov Farrux (Tojikiston), Vohidov Jahongir (O‘zbekiston) va Kostenko Pyotr (Qozog‘iston).
Izoh (0)