RF tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Rossiya 2016-yilning 1-yanvaridan Turkiya bilan vizasiz rejimni to‘xtatishini ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar beradi.
“Rossiya Federatsiyasi rahbariyati tomonidan hozirda Rossiya va Turkiya Respublikasi o‘rtasida amal qilayotgan vizasiz rejimni to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qilindi”, — dedi Lavrov.
Vazirning so‘zlariga qaraganda, rossiyaliklar uchun Turkiya real xavf tug‘diradi.
Lavrov, shuningdek, Turkiya orqali jangarilarni turli yo‘nalishlar bo‘yicha joylashtirish yo‘lga qo‘yilganligini ma’lum qildi.
Izoh (0)