Turkiya Harbiy-havo kuchlari Su-24 bombardimonchi samolyotini urib tushirgandan so‘ng, mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan bog‘lanishga ikki marta urindi. Bu haqda prezident yordamchisi Yuriy Ushakovning so‘zlariga tayanib, “RBK” xabar beradi.
27-noyabr, juma tongida Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov Erdo‘g‘onning bitta qo‘ng‘irog‘i haqida ma’lum qilgan edi. Uning so‘zlariga qaraganda, Turkiya prezidenti samolyot qulagandan 7—8 soat o‘tgach qo‘ng‘iroq qilgan.
Ushakovning so‘zlariga qaraganda, Rossiya tomoni hozircha Turkiya qo‘ng‘iroqlariga javob bermoqchi emas. “Biz Turkiya tomonining samolyot bilan bog‘liq hodisa yuzasidan oddiy kechirim so‘rashga tayyor emasligini ko‘rayapmiz”, — dedi Ushakov Kremlning Erdo‘g‘on bilan aloqaga chiqmayotganligi sababini tushuntirib.
Voqea: Turkiya urib tushirgan Su-24
Izoh (0)