Ethiopian Airlines aviakompaniyasining bortdagi ekipaji faqat ayollardan iborat bo‘lgan tarixiy reysi 19-noyabr kuni Addis-Abeba — Bangkok yo‘nalishida amalga oshirildi, deya xabar bermoqda National Geographic.
Laynerni parvozga tayyorlash ishlarining barchasi ham ayollar tomonidan bajarildi.
Nashr ta’kidlashicha, ayni paytda kompaniya xodimlarining 31 foizini ayollar tashkil qiladi.
Undan sal avvalroq — 13-noyabr kuni, o‘z tarixidagi ilk “ayollar reysi”ni Air Zimbabwe aviakompaniyasi amalga oshirdi. Biroq ushbu samolyot mamlakat ichidagi yo‘nalish bo‘yicha uchdi, bundan tashqari, yerdagi xizmatlarni ko‘rsatishda ayollar ham, erkaklar ham qatnashdi.
Izoh (0)