AQSh prezidenti Barak Obama tantanali marosimda Amerikaning 17 nafar siyosatchisi, jamoat arboblari hamda ilm-fan, madaniyat va sport sohasining taniqli vakillariga mukofot topshirdi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
24-noyabr, seshanba kuni qo‘shiqchi va aktrisa Barbra Streyzand, kinorejissor va prodyusser Stiven Spilberg, skripkachi Itsxak Perlman, kompozitor, shoir va dramaturg Stiven Sondxaym AQSh oliy fuqarolik mukofoti – Prezident ozodlik medaliga loyiq deb topildi.
“Bugun biz noyob insonlar: novatorlar, rassomlar va yetakchilarni qutlamoqdamiz”, — deb ta’kidladi Obama mukofotni topshirishdan oldin.
Ozodlik medali 1945-yilda prezident Garri Trumen tomonidan jangovar harakatlar chog‘ida o‘zini ko‘rsatgan shaxslarni taqdirlash maqsadida ta’sis etilgan. 1963-yilda esa prezident Jon Kennedi mukofot nizomini o‘zgartirdi, o‘shandan buyon u AQSh xavfsizligiga hissa qo‘shgan, butun dunyoda tinchlik uchun kurashgan hamda madaniy muvaffaqiyatlarga erishgan fuqarolarga beriladi.
Izoh (0)