Seysmologiya instituti Toshkentda kuchli zilzila sodir bo‘lishi mumkinligi haqida tarqalgan gap-so‘zlarga o‘z munosabatini bildirdi.
“2015-yil 23-noyabr kuni noma’lum kimsalar Toshkentda kun davomida 10 balli yer silkinishi sodir bo‘lishi haqida mish-mishlar tarqatdi. Aholi ‘Toshkent’ seysmostansiyasi va Seysmologiya institutiga qo‘ng‘iroq qilishni boshladi. Toshkentda yer silkinishi sodir bo‘lishi haqidagi prognoz Institut tomonidan berilmagan va bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, bunday zilzilaning sodir bo‘lish ehtimoli yo‘q”, — deyiladi Institutning direktorlik vazifasini vaqtincha bajaruvchi Sabriddin Xusomiddinovning bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi kunlarda O‘zbekistonda epitsentri Qirg‘iziston va Afg‘onistonda bo‘lgan bir necha zilzilalar qayd etildi. Jumladan, Toshkentda 17-noyabr kuni 22:29 da 2,5—3 balli, 20-noyabr kuni 9:46 da esa 2 balli, 21-noyabr kuni 5:16 da 2 balli, 22-noyabr kuni soat 23:16 da 1—2 balli zilzilalar sezildi.
Izoh (0)