2015-yil oxirigacha O‘zbekistonda yer yuzasidagi kuchli silkinishlar haqida tezkorlik bilan xabar beruvchi stansiyalar tarmog‘i tashkil qiladi. Bu haqda “Xalq so‘zi” gazetasiga tayanib, UZ24 xabar bermoqda.
Yangi tarmoq Seysmologiya instituti va O‘zbekiston favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan hamkorlikda ishga tushiriladi.
Uning to‘liq ishga tushirilishi FVVning hududlardagi boshqarmalariga yer silkinishi vaqtida uning kuzatuv punktida necha ball bo‘lgani, boshqarma markazida esa 1—2 daqiqa ichida hududlar bo‘yicha zilzila kuchi xaritasini aniqlash imkonini beradi.
Respublikadagi seysmologiya stantiyalari kengaytiriladi, barcha analogli seysmostansiyalar raqamlilarga almashtiriladi.
Bu ishlar kichik magnitudali (M=1,5—2) zilzilalarni qayd etish, 10 daqiqadan kamroq vaqt palengator yordamida ichida uning o‘chog‘ini aniqlash imkonini beradi.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi kunlarda O‘zbekistonda epitsentri Qirg‘iziston va Afg‘onistonda bo‘lgan bir necha zilzilalar sezildi. Jumladan, 17-noyabr kuni 22:29 da Toshkentda 2,5—3 balli, 20-noyabr kuni 9:46 da esa 2 balli, 21-noyabr kuni 5:16 da 2 balli, 22-noyabr kuni 1—2 balli zilzilalar sezildi.
Izoh (0)