Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Turkiya Rossiyaning Su-24 samolyotini urib tushirgani uchun uzoq afsuslanadi, deb aytib o‘tdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
24-noyabr, seshanba kuni Rossiyaning Su-24 samolyoti Suriyada aviahalokatga uchradi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin samolyot Turkiyaning F-16 samolyoti tomonidan urib tushirilganini va u Turkiya chegarasidan 4 km uzoqlikda qulaganini ma’lum qildi.
“Turkiya bu xatti-harakatidan hali uzoq afsuslanishiga hech qanday shubham yo‘q. Do‘stlik va hamkorlik haqida doimiy gapirib kelganlar bunday yo‘l tutmaydi!”, — deb o‘z Instagram’dagi sahifasida yozgan Qodirov.
Izoh (0)