Venesuelada 22-noyabr, yakshanba kuni mamlakat shimoli-g‘arbida yuz bergan 5,3 magnitudali zilzila natijasida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Merida shtati gubernatori Aleksis Ramires ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar beradi.
51 yoshli Federiko Mendes yer silkinishi natijasida balandlikdagi qoyalardan toshlarning qulashi oqibatida kelib chiqqan avtohalokatda qurbon bo‘ldi. Avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, boshqa mashinaga urildi.
AQSh Geologiya xizmatining ma’lum qilishicha, zilzila epimarkazi Lagunilyas shahridan ikki kilometr shimoli-g‘arbda, uning o‘chog‘i esa 28 kilometr chuqurlikda joylashgan.
Birinchi zilziladan so‘ng, yana bir necha kuchsizroq yer silkinishi qayd etildi.
Izoh (0)