Qirg‘izistonning Norin viloyatida bir kishi qor ko‘chkilari ostida qolib, halok bo‘ldi. Yana bir kishi esa bedarak yo‘qoldi, deb xabar beradi “RIA Novosti” respublika FVV matbuot xizmati ma’lumotiga tayanib.
“23-noyabr kuni 00:30 da ikki ovchining qarindoshlari boshqarmaga murojaat qildi. Ularning so‘zlariga qaraganda, 20-noyabr kuni Min-Kush qishlog‘ining besh nafar fuqarosi tog‘oldi hududida ov qilish uchun yo‘lga chiqqan. Qaytishda ular ikki guruhga bo‘lingan, ulardan ikki nafari boshqa yo‘ldan ketgan, biroq uyiga qaytmagan. Qutqaruvchilar ularning qarindoshlari bilan birga qidiruv ishlarini amalga oshirib, bir soatdan so‘ng qor ko‘chkilari ostidan yo‘qolganlardan birining jasadini topdi”, — deyiladi boshqarma xabarida.
Ikkinchi ovchini qidirish ishlari davom etmoqda.
Izoh (0)