Yaponiyaning Ibaraki prefekturasi sohillari yaqinida zilzila yuz berdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Mamlakat Meteorologik boshqaruv xizmatining ma’lum qilishicha, 4,9 magnitudali zilzila Xonsyu oroli qirg‘og‘idan sharqda sodir bo‘lgan. Yer silkinishi epimarkazi Ibaraki prefekturasi sohillari yaqinida bo‘lib, uning o‘chog‘i 50 kilometr chuqurlikda joylashdi.
Zilzila to‘qqizta prefektura aholisiga sezildi. Sunami xavfi yo‘q, jabrlanganlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lum qilinmadi.
Izoh (0)