“Paxtakor” hujumchisi Igor Sergeyev joriy mavsum Oliy liga to‘purari bo‘ldi. Bu haqda “Uff.uz” xabar bermoqda.
Hujumchi “Andijon”ga qarshi o‘tkazilgan so‘nggi tur uchrashuvining 72-daqiqasida penaltidan va ikkinchi bo‘limning 84-daqiqasida gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu aniq zarbalardan so‘ng so‘ng, Sergeyevning gollari soni 23 taga yetdi va u Oliy liga to‘purariga aylandi.
Bu borada unga raqobatchi bo‘lgan “Qizilqum” jamoasi hujumchisi Bahriddin Vahobovda 21 ta gol bor.
Izoh (0)