Indoneziya o‘lim jazosi haqidagi hukmlarning ijrosini ta’minlash yuzasidan moratoriy joriy etadi. Bu haqda “RIA Novosti” siyosat, adliya va mamlakat xavfsizligi masalalarini muvofiqlashtiruvchi vazir Luhut Panjaitan ma’lumotiga tayanib xabar beradi.
Ushbu qarorning qachondan kuchga kirishi ma’lum qilinmadi.
“Hukumat o‘z e’tiborini birinchi navbatda Indoneziya iqtisodiyotidagi ishlarga qaratishi lozim”, — deydi vazir.
Indoneziya prezidenti Joko Vidodo endi o‘lim jazosi haqidagi yangi qarorlarga sanksiya bermaydi, deb tushuntirish beradi Panjaitan.
Izoh (0)