Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Avstraliyaning raqobat va iste’molchilar himoyasi bo‘yicha komissiyasi 19-noyabr, payshanba kuni BG Group kompaniyasining Royal Dutch Shell Plc Britaniya-Gollandiya neft-gaz kompaniyasi tomonidan hech qanday shartlarsiz sotib olinishini ma’qulladi, deya xabar bermoqda “Interfaks”.

Foto: Financial Post

Foto: Financial Post

Shunga o‘xshash qarorlar joriy yilda avvalroq Braziliya, Yevropa ittifoqi, AQSh va Janubiy Koreya tomonidan ham qabul qilingan edi.

Endi oldi-sotdi taqdiri Xitoy savdo vazirligi va Avstraliya xorijiy investitsiyalarni baholash kengashi qarorlariga bog‘liq.

Shell bosh direktori Ben van Berden so‘zlariga ko‘ra, kompaniyalar oldi-sotdi 2016-yil boshida yakunlanishiga umid qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyida Royal Dutch Shell Britaniyaning BG Group neft-gaz kompaniyasini 70 milliard dollarga sotib olishni rejalashtirayotgani, ushbu kelishuv neft-gaz bozorida so‘nggi o‘n yilda kuzatilgan eng katta birlashuvga aylanishi xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rossiyalik milliarderlar yil boshidan buyon qariyb 100 mlrd dollar yo‘qotgan
Dunyo
Zaporojye AES bosh direktori Igor Murashov Rossiya asirligidan ozod qilindi
Mahalliy
“Jamoaga yordam bermaganlar uni yo‘q joydan qoralayotgani achinarli” — Sherzod Shermatov 819 mln so‘m sarflangan IT tadbiri haqidagi gaplarni “mayda g‘iybatlar” de...